25 Avgust 2024
265
Guliyev to’rtinchi bo’ldi
Bugungi dasturidan o’rin olgan yana bir qator final poygalari yakunlandi. Hamyurtlarimiz kanoechilar o’rtasida 200 metr masofaga kechgan bahslarda startga chiqishdi.
Qayd etish joiz, Artur Guliyevning yakkalik bahslaridagi chiqishi muxlislarni katta hayajonda ushlab turdi. Shiddatli ruhda o’tgan poygada hamyurtimiz to’rtinchi bo’lib marra chizig’ini kesib o’tdi. Dinara Jo’rayeva hamda Nilufar Zokirova juftligi esa to’qqizinchi bo’ldi. Birozdan so’ng atletlarimiz yana 4 dasturda startga chiqishadi.