25 Avgust 2024 409

500 metr bahslarida omad yuz o’girdi

Samarqand mezbonlik qilayotgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionatining bugungi kun dasturidan o‘rin olgan dastlabki finallar yakunlandi. Unda kanoechilarimiz 500 metr masofaga kechgan bahslarda startga chiqishdi.

Dastlab yakkalik dasturida Dinara Jo‘rayeva yettinchi natijani qayd etdi. Shundan so‘ng Nilufar Zokirova hamda Elyorjon Mamadaliyev juftligi marra chizig‘ini beshinchi bo‘lib kesib o‘tdi. Musobaqa davom etmoqda.

Text to speech