24 Avgust 2024
407
Dastlabki finallar ortda qoldi
Samarqandda o’tayotgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo’yicha jahon chempionatining bugungi kun dasturidan o’rin olgan final bahslari yakuniga yetdi.
Natijalarga to’xtaladigan bo’lsak, 21 yoshli kanoechimiz Dinara Jo’rayeva 1000 metr masofaga kechgan bellashuvda yettinchi, xuddi shu masofada Mirjalol Kamilov hamda Kamronbek Ahtamov juftligi to’qqizinchi bo’lib marraga yetib keldi. Finaldagi eng yosh tandem bo’lgan bayrdarkachilarimiz Shahrizoda Mavlonova hamda Ozodjon Amriddinov 500 metr masofada beshinchi natijani qayd etishdi.
Ayni paytda kunning ikkinchi yarmidan o’rin olgan saralash bahslari davom etmoqda.