24 Avgust 2024 451

Yurtimizda ilk bor oʻtkazilayotgan baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi

Samarqandda start olgan baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha dunyo birinchiligining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimov va Xalqaro kanoe federatsiyasi prezidenti Tomas Koniyesko ishtirok etishdi.

Rasmiylar mamlakatimiz bunday nufuzdagi musobaqani birinchi marotaba qabul qilayotgan boʻlsa ham, unga yuqori saviyada tayyorgarlik koʻrganiga urgʻu berishdi. Shuningdek, ushbu majmua Toshkent-2025 yoshlar Osiyo oʻyinlari doirasidagi eshkak eshish bahslarini yuqori darajada oʻtkaza olishi alohida taʼkidlandi.

Musobaqa startidan avval ishtirokchi davlatlar va atletlar sonida oʻzgarish boʻlib, unda 52 davlatdan 284 sportchi sovrinli oʻrinlar uchun startga chiqishi belgilandi. Bugun bir qator dasturlarda saralash bahslari oʻtkazildi. Ertaga tushdan soʻng dastlabki medallar jamlanmasi oʻz egalariga topshiriladi.

Text to speech