23 Avgust 2024
375
Samarqandda baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha jahon chempionati boshlandi
Mamlakatimizda ilk bor oʻtkazilayotgan dunyo birinchiligida 57 davlatdan 400 nafar sportchi ishtirok etishmoqda va unda hamyurtlarimiz ham sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib borishyapti.
Dasturga koʻra, bugun kun davomida, ertaga tushgacha barcha yoʻnalishlarda saralash bahslari oʻtkaziladi. Boʻlajak bellashuvlarda hamyurtlarimizga omad tilaymiz!