22 Avgust 2024 447

Yosh yunon-rum kurashchilarimiz jahon chempionatida ikkinchi boʻlishdi

Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Amman shahri (Iordaniya) mezbonlik qilayotgan jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi. Ortda qolgan kun davomida uchinchi o‘rin uchun kurash olib borgan 4 nafar hamyurtimizning barchasi g‘alaba qozonib, terma jamoamiz hisobiga bronza medallarini qo‘shib qo‘yishdi.

 Bronza medali:
-45 kg: Umidjon Karomov
-60 kg: Farruh Yo‘ldoshev
-71 kg: Behruzbek Valiyev
-92 kg: Faxrikamol Komiljonov

Shu tariqa, "klassik" kurashchilarimiz hisobidagi medallar 1 ta kumush va 5 ta bronzani tashkil etdi. Ushbu natija bilan hamyurtlarimiz ochkolar bo‘yicha umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallashdi. Ertadan erkin kurash ustalari g‘oliblik uchun bahslarga kirishishadi.

Text to speech