21 Avgust 2024 245

Eshkak eshuvchilarimiz jahon chempionatidan avval so‘nggi mashg‘ulotlarni o‘tkazishmoqda

Yana 2 kundan soʻng Samarqandda baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha jahon chempionati start oladi. Ayni paytda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari musobaqa oʻtkaziladigan havzada tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Atletlarimiz murabbiylar shtabining rejasi asosida soʻnggi mashgʻulotlarni oʻtkazishyapti. Eslatib oʻtamiz, 57 mamlakatdan 400 nafar sportchi ishtirok etishi kutilayotgan mazkur dunyo birinchiligida 24 nafar eshkak eshuvchimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Text to speech