21 Avgust 2024 262

Yunon-rum kurashchilarimiz jahon chempionatida dastlabki medallarga ega chiqishdi

Sport kurashlari boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Iordaniya mezbonlik qilayotgan U17 yosh toifasidagi jahon chempionatida dastlabki medallarini oʻz hisobiga qoʻshib qoʻydi.

Yunon-rum kurashchilarimizdan Husniddin Abdukarimov (-48 kg) kumush medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, Sardor Xolmurzayev (-55 kg) bronza medali bilan taqdirlandi.

Bugun kun davomida 4 nafar polvonimiz bronza medali uchun oʻtish bosqichida ishtirok etishadi.

-45 kg: Umidjon Karomov – Shahid Nabiyev (Ozarbayjon) / Ahmad Badraddini (Eron)
-60 kg: Farruh Yoʻldoshev – Ali Abunosir (Iordaniya)
-71 kg: Behruz Valiyev – Jinxao Vu (Xitoy) / Samvel Terteryan (Armaniston)
-92 kg: Faxrikamol Komiljonov – Patrik Budor (Xorvatiya)

Text to speech