20 Avgust 2024 289

Yengil atletikachilarimiz "Brilliant liga" bosqichida qatnashishadi

22-avgust kuni Shveysariyaning Lozanna shahrida yengil atletika olamining yirik turnirlaridan biri “Brilliant liga”ning 11-bosqichi boʻlib oʻtadi. 7 yoʻnalishda tashkil etiladigan mazkur musobaqaning 2 ta dasturida terma jamoamiz aʼzolari ham qatnashadi.

Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasining maʼlum qilishicha Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarining ishtirokchilari Safina Sadullayeva balandlikka sakrash, Anvar Anvarov uzunlikka sakrash sektorlarida gʻoliblik uchun kurash olib boradilar. Boʻlajak bellashuvlarda yurtdoshlarimizga omad tilaymiz.

Text to speech