20 Avgust 2024 277

Husniddin Abdukarimov finalda

Iordaniyada sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining birinchi kun bellashuvlari ortda qoldi. Unga ko‘ra, yunon-rum kurashchilarimizdan Husniddin Abdukarimov (-48 kg) final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 3 nafar polvonimiz bronza medali uchun o‘tish bosqichida ishtirok etadi. Shuningdek, kun davomida yana 5 nafar hamyurtimiz saralash bahslarini o‘tkazishadi. Batafsil:

Final:
-48 kg: Husniddin Abdukarimov – Armin Shamsipur (Eron)

O‘tish bosqichi:
-55 kg: Sardor Xolmurzayev – Denis Seredin (Ukraina)
-65 kg: Fayozbek Eshmirzayev – Zaid Salim (Iordaniya) / Arseniye Kayzin (Moldova)
-110 kg: Saidamir Ne’matov – Xaorui Vang (Xitoy)

Saralash:
-45 kg: Umidjon Karomov – Marian Firanta (Ruminiya)
-51 kg: Hojiakbar Qo‘chqorov – Kichi Oi (Yaponiya)
-60 kg: Farruh Yo‘ldoshev – Maksim Damashin (Moldova)
-71 kg: Behruzbek Valiyev – Muhammad Kazimi (Eron)
-92 kg: Faxrikamol Komiljonov – Koki Matsumoto (Yaponiya)

Text to speech