20 Avgust 2024 334

Suv polosi boʻyicha Markaziy Osiyo ochiq chempionatida hamyurtlarimiz tengsiz boʻlishdi

Namangan va Toshkent shaharlari suv polosi boʻyicha Markaziy Osiyo ochiq chempionatiga mezbonlik qildi. 4 kun davom etgan musobaqada erkaklar va ayollar oʻrtasidagi bahslar tashkil etildi.

Quvonarlisi, har ikki yoʻnalishda ham hamyurtlarimiz birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi. Namangan viloyati mezbonlik qilgan erkaklar oʻrtasidagi bellashuvlarda yigitlarimizdan soʻng Qozogʻiston va Turkmaniston jamoalari shohsupadan joy olishdi. Ayollar toifasidagi bahslarda Qozogʻiston termasining asosiy jamoasi ikkinchi, yoshlaridan iborat jamoa esa uchinchi oʻrinni egalladi.

Text to speech