19 Avgust 2024 311

VI Jang san’ati va yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari bekor qilindi

Joriy yilning 21-30-noyabr kunlari Tailandning Bangkok va Chonburi shaharlarida VI Jang san’ati va yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Bugun musobaqa tashkiliy qo‘mitasi mazkur sport tadbiri rasman bekor qilinganini e’lon qildi.

Mazkur musobaqa reja bo‘yicha 2021-yili o‘tkazilishi lozim edi. So‘ng koronavirus pandemiyasi, shuningdek, keyinchalik rejalashtirilgan sanalar boshqa yirik kompleks musobaqalarga yaqin kelib qolgani sabab joriy yilning noyabr oyiga ko‘chirilgan. Yakunda O‘yinlar tashkiliy qo‘mitasi ushbu startni butunlay bekor qilishga qaror qildi.

Text to speech