18 Avgust 2024 418

Sport vazirligi va MOQ rahbariyati Olimpiya shaharchasining bugungi holatini ko‘zdan kechirishdi

Ayni paytda Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o‘yinlari uchun barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasida qurilish ishlari jadal davom etmoqda. Sport vaziri Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov va Qo‘mita raisi o‘rinbosari Azizjon Kamilov qurilish ishlarini ko‘zdan kechirishdi.

O‘rganish davomida mutasaddilar ob’ektlarning bugungi kundagi holati bilan yaqindan tanishishdi. Ularga jarayon uchun mas’ul mutaxassislar bu borada olib borilayotgan ishlar haqida to‘liq ma’lumot berishdi. Qayd etish joiz, hozirgi kunga kelib, metall konstruksiya ishlari allaqachon yakunlangan bo‘lib, ob’ektlarning tashqi qismini yopish jarayoni ketmoqda. Quruvchilar har bir detalga alohida ahamiyat qaratilayotgani, foydalanilayotgan mahsulotlarning aksariyati pishiq materiallardan tayyorlanayotganini qo‘shimcha qilishdi.

Suhbat davomida O‘yinlardan keyin obyektlardan samarali foydalanish masalasi ham yana bir karra ko‘rib chiqildi. Rasmiylar o‘rganish chog‘ida ish samaradorligini oshirish borasida kerakli tavsiyalarni berib o‘tishdi.

Text to speech