19 Avgust 2024 320

Bugun yosh “klassik” kurashchilarimiz dunyo birinchiligidagi ishtirokini boshlashadi

Bugun Iordaniyada sport kurashlari boʻyicha U17 yosh toifasidagi jahon chempionati start oldi. Musobaqani yunon-rum kurashi ustalari boshlab berishadi. Birinchi kun doirasida 5 ta vazn toifasida saralash bellashuvlari oʻtkazilib, unda hamyurtlarimiz dastlabki bosqichda quyidagi raqiblariga qarshi gilamga chiqishadi:

-48 kg: Husniddin Abdukarimov – Martin Manikyan (Armaniston)
-55 kg: Sardor Xolmurzayev – Jeyden Raney (AQSh)
-65 kg: Fayozbek Eshmirzayev – Rego Torda (Vengriya) / Yure Raykovich (Xorvatiya)
-80 kg: Shohjahon Shavkatov – Emad Muhsinnajod (Eron)
-110 kg: Saidamir Neʼmatov – Ivan Yankovski (Ukraina)

Text to speech