19 Avgust 2024 290

Ayollar o‘rtasidagi "Tur de Frans" turniri yakunlandi

Fransiyada velosport boʻyicha ayollar oʻrtasidagi “Tur de Frans” koʻpkunlik turniri yakuniga yetdi. Maʼlum qilganimizdek, unda ilk bor yurtimiz nomidan “Tashkent City Women Professional Cycling Team” jamoasi ishtirok etdi.

Musobaqada startga chiqqan yurtdoshlarimiz orasida Yanina Kuskova murakkab poygalardan iborat 8 bosqichdan toʻliq oʻta oldi. Hamyurtimiz turnirni yakunlay olgan 110 nafar ishtirokchi orasida 47-boʻldi. Bosh sovrin polshalik Katajina Nevyadomaga nasib etgan boʻlsa, niderlandiyalik Demi Vollering hamda Paulina Royyakers kuchli uchlikni yakunlab berishdi.

Text to speech