26 Iyun 2021 2081

O‘zbekiston Zamonaviy beshkurash federatsiyasi ham “Xalqaro Olimpiya kuni”ni yorqin nishonladi

O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi tomonidan Yunusobod tumanidagi 2-sonli Bolalar-o‘smirlar sport maktabi hududida “Xalqaro Olimpiya kuni”ga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Bayramda Yunusobod va Uchtepa tumanlaridagi BO‘SMlarning 80 nafardan ziyod yosh beshkurashchilar ishtirok etishdi.

Dastlab, yosh sportchilar “laser-run” – yugurish va lazerli to‘pponchadan o‘q otishni birlashtirgan zamonaviy beshkurash sport yo‘nalishi bo‘yicha bellashdilar. Keyin bolalar boshlovchining konkurslari va musobaqalari bilan o‘yin-kulgi dasturidan zavq olishdi. Va nihoyat, kuchni tiklash uchun bolalar uchun mazali piknik tashkil etildi. Unda sportchilarga “Xalqaro Olimpiya kuni”ning tarixi, sportning odamlar hayotidagi o‘rni va sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida batafsil so‘zlab berildi.

Text to speech