17 Avgust 2024 408

Diyorbek Oʻrozboyevni tabriklaymiz!

Bugun dzyudo boʻyicha Rio-2016 yozgi Olimpiya oʻyinlari va jahon chempionatining bronza medali sohibi, 2018-yilgi yozgi Osiyo oʻyinlarining chempioni, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni sohibi Diyorbek Oʻrozboyev tugʻilgan kunini nishonlamoqda.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi sportchimizni bugungi tavallud ayyomi bilan qutlab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech