16 Avgust 2024 450

Bugun Yanina Kuskova “Tur de Frans”ning 6-bosqichida startga chiqadi

Fransiya yoʻllari boʻylab velosport boʻyicha ayollar oʻrtasidagi “Tur de Frans” koʻpkunlik poygasi davom etmoqda. Ayni paytga kelib, 5 ta bosqich bahslari ortda qoldi.

Mazkur musobaqada ilk bor ishtirok etayotgan “Tashkent City Women Professional Cycling Team” jamoasi oʻzi uchun katta tajriba toʻplamoqda. Hozirda hamyurtlarimiz orasida Yanina Kuskova ishtirokni davom ettiryapti. 5 bosqichdan keyin Kuskova umumiy klassifikatsiyada 76-boʻlib turibdi. Bugun poygachilar Remirmon va Morto shaharlari orasidagi 159.2 km masofani bosib oʻtishadi.

Text to speech