14 Avgust 2024 438

Velosportchi qizlarimiz “Tur de Frans” turnirida qatnashishmoqda

Ayni kunlarda Fransiya yoʻllarida velosport olamidagi eng nufuzli musobaqa hisoblanmish “Tur de Frans” koʻp kunlik poygasining ayollar oʻrtasidagi bellashuvlari boʻlib oʻtmoqda. Unda “Tashkent City Women Professional Cycling Team” jamoasi oʻz tarixida ilk bor bunday darajadagi turnirda ishtirok etmoqda.

Ayni paytda hamyurtlarimiz musobaqaning 4-bosqichida bahs olib borishyapti. Mazkur bosqichda sportchilarimizdan Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi Yanina Kuskova, shuningdek, Nafosat Koziyeva hamda Margarita Misyurina startga chiqishgan. Murosasiz bahslarda yurtdoshlarimizga omad tilaymiz.

Text to speech