14 Avgust 2024 453

Yosh yengil atletikachilarimizning jahon chempionatida qatnashadigan tarkibi aniq

27-31-avgust kunlari Peru poytaxti Lima shahrida yengil atletika boʻyicha U20 yosh toifasidagi jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Dunyo yengil atletikasining yosh yulduzlari ishtirokida kechadigan bellashuvlarda oʻzbekistonlik sportchilar ham kurash olib borishadi.

Mazkur dunyo birinchiligida qatnashish uchun atletlardan kerakli normativlarni bajarish talab etilgan. Unga koʻra, Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi Sharifa Davronova, shuningdek yana 5 nafar hamyurtimiz ushbu jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlishgan. Perudagi musobaqada medallar uchun kurashadigan atletlarimiz bilan tanishing:

Sharifa Davronova (uch hatlab sakrash)
Xushnoza Shavkatova (uch hatlab sakrash)
Dilshoda Usmonova (3 000 metr, stipl-chez)
Barnoxon Sayfullayeva (balandlikka sakrash)
Jonbibi Hukmova (400 metrga yugurish)
Nodir Norboyev (koʻpkurash)

Text to speech