12 Avgust 2024 336

Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan Oʻzbekiston delegatsiyasi a’zolari bugun yurtimizga yetib keladi

XXXIII yozgi Olimpiadada tarixiy natija koʻrsatib, Oʻzbekiston sharafini munosib himoya qilgan, yurt bayrogʻini koʻklarga ko’targan sportchilarimiz bugun soat 19:00 da Oʻzbekistonga yetib keladi.

Prezident Shavkat Mirziyoevning topshirigʻiga asosan, chempionlar Toshkent aeroportida (Terminal-3) tantanali kutib olinadi.

Aeroportda oʻtkaziladigan tantanali kutib olish marosimidan soʻng, sportchilarimiz oʻtirgan avtobus kortejlari shahar boʻylab harakatlanadi

Chempionlarni munosib kutib olish maqsadida masʼullar zarur tayyorgarliklarni koʻrishmoqda. Videoda chempionlarning korteji shahar boʻylab harakatlanadigan yoʻnalish koʻrsatib berilgan.

Rasmdagi doira shaklida belgilangan nuqtalarda esa yurtdoshlarimiz xavfsizlik chora-tadbirlariga qatʼiy rioya qilgan holda chempionlarni gʻalabalar bilan qutlashlari mumkin.

Text to speech