11 Avgust 2024 619

Tursunoy Jabborova delegatsiyamizning Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi ishtirokiga yakun yasab berdi

Ogʻir atletikachimiz Tursunoy Jabborovaning chiqishi bilan Oʻzbekiston delegatsiyasining Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi ishtiroki yakuniga yetdi. +81 kg vazn toifasida qatnashgan yurtdoshimiz dast koʻtarishda 118, siltab koʻtarishda 133, ikki kurash boʻyicha esa 251 kg natija bilan musobaqani 10-oʻrinda tugatdi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston delegatsiyasi mazkur yozgi Olimpiya oʻyinlarini o’z tarixida ilk bor 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan yakunlaydigan boʻldi.

Text to speech