10 Avgust 2024 494

Razambek Jamalov – Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni!

Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobida oltinchi oltin medal. Mazkur medalga erkin kurashchimiz Razambek Jamalov mualliflik qildi. -74 kg vazn toifasida ishtirok etgan polvonimiz chempionlik bahsida yaponiyalik Daichi Takatanini magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 6 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronzaga yetdi. Barakalla, Razambek!

Text to speech