Afsonaviy Oksana Chusovitinadan yana bir g‘alaba
Ayni kunlarda Qatar poytaxti Doxa shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan hamyurtimiz Oksana Chusovitina navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Tokio-2020 litsenziati kutilganidek, tayanib sakrash yo‘nalishida ishtirok etdi. Uning ijrosida amalga oshirilgan mashqlar hakamlar hayʼati tomonidan eng yuqori bahoga loyiq ko‘rildi va afsonaviy sportchimiz oltin medalga sazovor bo‘ldi. Taʼkidlash joiz, bu musobaqa sportchimiz uchun bo‘lajak Olimpiada oldidan o‘ziga xos tayyorgarlik vazifasini bajarib berdi. Unda qo‘lga kiritilgan oltin medal esa Chusovitinaning kuchiga kuch, g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shishi, shubhasiz.
Jahon kubogi, Doxa.
Tayanib sakrash, ayollar:
1. Oksana Chusovitina (O‘zbekiston) – 14.066
2. Devilar Kolin (Fransiya) – 13.966
3. Taman Nensi (Misr) – 13.366