10 Avgust 2024 415

O’zbek taekvondosida yangi tarix: Svetlana Osipova Olimpiya o’yinlari finalida!

Joriy Olimpiya o’yinlari ham o’zbek taekvondosi uchun qator yutuqlar bilan tarixda qoladigan bo’ldi. Endi taekvondochi qizlarimiz orasida ham Olimpiada sovrindori bor. Terma jamoamiz a’zosi Svetlana Osipova final yo’llanmasini qo’lga kiritib, Olimpiada medalini naqd qildi.

Hamyurtimiz yarim finalda taekvondo vatani vakili, janubiy koreyalik Li Dabindan ustun keldi. Barakalla, Sveta!

Text to speech