10 Avgust 2024 444

Akbar Jo’rayev — Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlari kumush medali sohibi!

Og’ir atletika bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi a’zosi Akbar Jo’rayev o’z sovrinlari orasiga Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlarining kumush medalini ham qo’shib qo’ydi. -102 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz dast ko’tarishda 185 kg, siltab ko’tarishda 219 va umumiy hisobda 404 kg bilan kumush medalga sazovor bo’ldi. Barakalla, Akbar!

Text to speech