Chavandozlarimiz Yevrosiyo ligasida 4 ta medal qo‘lga kiritishdi
Moskva viloyatidagi “Maxima stables” ot sporti klubida konkur yo‘nalishi bo‘yicha Yevrosiyo ligasining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, unda terma jamoamiz vakillari ham yuqori natijalarni qayd etishdi.
CSI-1* yo‘nalishida kechgan musobaqada 4 nafar vakilimiz sovrindorlar qatoridan joy olishdi. Dastlab 140 sm balandlikdagi to‘siqlardan o‘tish bellashuvida Bekzod Qurbonov oltin, Nurjan Tuyakbayev bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Asosiy GOLD TOUR yo‘nalishida esa chavandozlar bilan bellashgan O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev yuksak namuna ko‘rsatdi va shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi. Ahamiyatlisi, mazkur dasturda g‘oliblik boshqa bir hamyurtimiz Saidamirxon Turg‘unboyevga nasib etdi.
Konkur bo‘yicha Yevrosiyo ligasi bosqichi.
GOLD TOUR yo‘nalishi
1. Saidamirxon Turg‘unboyev (O‘zbekiston)
2. Ayan Gani (Qozog‘iston)
3. Bahromjon Gaziyev (O‘zbekiston)
CSI-W 140 sm
1. Bekzod Qurbonov (O‘zbekiston)
2. Tatyana Berlachko (Rossiya)
3. Nurjan Tuyakbayev (O‘zbekiston)