10 Avgust 2024 506

Lazizbek Mullojonov – Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni!

Fargʻona boksining yana bir yorqin vakili Lazizbek Mullojonov Oʻzbekiston delegatsiyasiga navbatdagi oltin medalni taqdim qilmoqda. -92 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz chempionlik bahsida ozarbayjonlik Loren Alfonso Domingesni magʻlub etib, oltin medalga sazovor boʻldi.

Ushbu muvaffaqiyatdan keyin delegatsiyamiz medallari hozircha 5 ta oltin va 3 ta bronzaga yetdi. Biz sen bilan faxrlanamiz, Lazizbek!

Text to speech