10 Avgust 2024 470

Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev Oʻzbekiston delegatsiyasiga toʻrtinchi oltin medalni taqdim qildi!

Parijdan yana bir xushxabar. Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev -71 kg vazn toifasida Olimpiya oʻyinlari chempionligini qoʻlga kiritdi. Murosasiz ruhda oʻtgan final jangida yurtdoshimiz meksikalik Marko Alvaresni magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi.

Ushbu gʻalabadan soʻng Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar ayni paytga kelib 4 ta oltin va 3 ta bronzani tashkil qilmoqda. Tasanno, Asadxoʻja!

Text to speech