9 Avgust 2024 399

Razambek Jamalov g’alabali yurishini davom ettirib, chorak finalga yo’l oldi

Erkin kurashchimiz Razambek Jamalov yana bir jiddiy raqibni ortda qoldirdi. -74 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan polvonimiz slovakiyalik Taymuraz Saykalov ustidan g’alaba qozonishga muvaffaq bo’ldi. Terma jamoamiz a’zosi endi yarim final yo’llanmasi uchun albaniyalik Chermen Valiyev hamda ozarbayjonlik Turan Bayramov o’rtasidagi bahs g’olibi bilan bellashadi.

Text to speech