9 Avgust 2024 377

Javrail Shapiyev kechki dasturda bronza medali uchun kurashadi

Kechki dasturda bronza medali uchun kurashadigan erkin kurashchilarimiz soni yana bittaga ortdi. -86 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan yurtdoshimiz Javrail Shapiyev oʻtish bosqichida kanadalik Aleks Murni magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi. Terma jamoamiz aʼzosi endi kechki dasturda bronza medali uchun amerikalik Aron Bruksga qarshi gilamga chiqadi.

Text to speech