9 Avgust 2024 545

Hasanboy Doʻsmatov – ikki karra Olimpiada chempioni!

Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Hasanboy Doʻsmatov (-51 kg) ikki karra Olimpiya oʻyinlari chempioni sharafiga muyassar boʻlgan ilk oʻzbek bokschisiga aylandi. Hamyurtimiz hozirgina yakunlangan chempionlik jangida mezbon bokschi Bilal Bennamani magʻlub etib, delegatsiyamizga Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarining oltin medalini taqdim etdi.

Bu delegatsiyamiz uchun 3-oltin medal. Biz Sen bilan faxrlanamiz, Hasanboy!

Text to speech