24 Iyun 2021 1984

Toshkent-2025: Musobaqa obyektlarining loyihasi muhokama qilindi

Xabaringiz bor, 2025 yil poytaxtimiz yoshlar o‘rtasida IV Osiyo o‘yinlarini qabul qiladi. Hozirda sport federatsiya va assotsiatsiyalarida mazkur musobaqaga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Bugun ZOOM platformasida mazkur yoshlar Osiyo o‘yinlari uchun atalgan Olimpiya shaharchasida qurilishi rejalashtirilayotgan obyektlarning loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Uni MOQ Bosh kotibi, “Toshkent-2025” direksiyasi direktori Oybek Kasimov olib bordi. Shuningdek, unda Turizm va sport vazirligi, sport federatsiya va assotsiatsiyalarning mutasaddilari xodimlari ham ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda Oybek Kasimov musobaqaga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rish, loyihalarni imkon qadar tezroq taqdim etish lozimligini taʼkidladi. O‘z navbatida, loyihalarni jahon standartlarini o‘rgangan holda tayyorlash, bo‘lajak musobaqada ishtirok eta oladigan avlod vakillari orasida kuchli seleksiya ishlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, federatsiya mutasaddilari ham mavzu borasida o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdi.

Yig‘ilish davomida asosiy terma jamoalarimizning Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga olib borayotgan tayyorgarligi ham ko‘zdan kechirildi.

Text to speech