9 Avgust 2024 521

Ulugʻbek Rashitov – ikki karra Olimpiya oʻyinlari chempionligini qoʻlga kiritgan ilk oʻzbek taekvondochisi!

Ulugʻbek Rashitov Olimpiya oʻyinlarining ikki karra gʻolibligiga erishgan birinchi o’zbek taekvondochisi sifatida oʻz nomini sportimiz solnomasiga muhrlab qoʻymoqda. -68 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz finalda iordaniyalik Zaid Karimni 2:X hisobida magʻlubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor boʻldi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 2 ta oltin va 2 ta bronzani tashkil etmoqda. Barakalla, Ulugʻbek! Biz sen bilan faxrlanamiz!

Text to speech