8 Avgust 2024 571

Taxmina Ikromova ishtirokini tugatdi

Badiiy gimnastika bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi a’zosi Taxmina Ikromovaning Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlaridagi chiqishi nihoyasiga yetdi. Yurtdoshimiz bugun kechgan ko’pkurash yo’nalishining saralash bosqichida 126.400 ochko jamg’arishga erishdi. Bu yakunda 14-natija bo’ldi. Afsuski, ushbu ko’rsatkich final dasturi uchun kamlik qildi va Ikromova joriy Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi.

Text to speech