8 Avgust 2024 353

Ulug’bek Rashitov ikkinchi bor Olimpiada finalida!

Taekvondo WT bo’yicha Tokio-2020 yozgi Olimpiya o’yinlari chempioni Ulug’bek Rashitov ikkinchi oltin medal sari yana bir dadil qadam tashladi. Hamyurtimiz ispaniyalik Xavyer Peresga qarshi kechgan yarim final jangida 2:0 hisobida g’alaba qozondi. Endi u chempionlik uchun Bredli Sinden (Buyuk Britaniya) / Zaid Karim (Iordaniya) bahsi g’olibiga qarshi dayanga ko’tariladi.

Text to speech