8 Avgust 2024 390

Taxmina Ikromova ikki dasturdan keyin 64.050 ochko jamg’ardi

Ma’lum qilganimizdek, bugun badiiy gimnastika bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi a’zosi Taxmina Ikromova ko’pkurash yo’nalishidagi saralash bosqichida ishtirok etmoqda. Hozircha sportchilar ikki dasturda o’z chiqishlarini yakunlashdi.

Yurtdoshimiz to’pdagi mashqda 32.350, halqa bilan esa 31.700 ochko jamg’arishga erishdi. Hozircha 64.050 ball to’plagan Ikromova 13-pog’onada ketmoqda. Gimnastikachilar kunning ikkinchi yarmida tasma hamda bulavadagi mashqlarda o’z dasturlarini namoyish etishadi.

Text to speech