8 Avgust 2024 313

Gʻulomjon Abdullayev ozarbayjonlik raqibidan ustun keldi

Erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Gʻulomjon Abdullayev ham Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi ishtirokini boshladi. Ilk bosqichda ozarbayjonlik Aliabbas Rzazade bilan bellashgan yurtdoshimiz irodali gʻalaba bilan chorak final yoʻllanmasini naqd qildi. Endi u meksikalik Roman Bravo-Yung va armanistonlik Arsen Аrutyunyan oʻrtasidagi bahs gʻolibiga qarshi gilamga chiqadi.

Text to speech