8 Avgust 2024 488

Ulugʻbek Rashitov chempionlikni himoya qilishga kirishdi

Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari g'olibi Ulugʻbek Rashitov taekvondochilarimizning Pari-2024 yozgi Olimpiya o'yinlaridagi muvaffaqiyatli yurishini boshlab berdi. -68 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan sportchimiz reytingdagi yuqori oʻrni sabab birinchi davradan erkin oʻtdi. Ikkinchi bosqichda unga gonkonglik Lo Vai Fung raqiblik qildi. Gonkonglik taekvondochidan har tomonlama yaqqol ajralib turgan hamyurtimiz 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, chorak finalga yoʻl oldi.

Text to speech