24 Iyun 2021 1823

“Olimpiya kuni”da triatlonchilarimizdan ochiq mashg‘ulot

O‘zbekiston triatlon federatsiyasi ham o‘tkazilayotgan Olimpiya haftaligiga o‘z hissasini qo‘shdi. Federatsiya bugun o‘zining asosiy sportchilari bilan ochiq mashg‘ulot o‘tkazdi.

Tadbir Respublika Olimpiya zaxiralari kollejida bo‘lib o‘tdi. Unda triatlon bo‘yicha terma jamoamizning asosiy vakillari ishtirokida yig‘ilganlar uchun ochiq mashg‘ulot o‘tkazildi. Sportchilarimiz mashg‘ulot jarayonida triatlon sportini o‘zida mujassam qilgan suzish, velopoyga va yugurishga oid bir qator texnik mashqlarni ko‘rsatib berishdi. Tadbirni federatsiya bosh kotibi Yelena Kun olib bordi. Mashg‘ulot yakunida ishtirokchilar bilan qiziqarli savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

Text to speech