7 Avgust 2024 464

Rustam Assakalov bronza medali uchun amaldagi jahon chempioni bilan bellashdi

Yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Rustam Assakalov Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi ishtirokini tugatdi. -97 kg vazn toifasida gilamga chiqqan yurtdoshimiz uchinchi oʻrin uchun kechgan bellashuvda kubalik amaldagi jahon chempioni Gabriyel Rosilloni bilan bellashdi. Afsuski, Assakalov bahs davomida jarohat olib kurashni davom ettira olmadi va mazkur olimpiadani beshinchi pogʻonada tugatdi.

Text to speech