7 Avgust 2024 384

Aram Vardanyan bronza medali uchun bahsda gilamga chiqdi

Yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Aram Vardanyan (-77 kg) uchinchi oʻrin uchun bellashuvda gilamga chiqdi. 2021-yilgi jahon chempioni, armanistonlik Malxas Amoyan bilan kurashgan yurtdoshimiz magʻlubiyatga uchradi va Olimpiadani beshinchi pogʻonada yakunladi. Sportchimizning kelgusi faoliyatida omad tilaymiz.

Text to speech