24 Iyun 2021 2309

Dzyudochilarimiz Turkiyada mashg‘ulotlarni boshlashdi

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik doirasida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshladi. Ushbu yig‘in Turkiyada olib borilmoqda.

Ilias Iliadis boshchiligidagi jamoamiz Turkiyada asosan texnik va taktik mashg‘ulotlarga ahamiyat qaratmoqda. Maqsad esa Tokio Olimpiadasigacha yuqori sport formaga chiqish. Rejaga ko‘ra, Turkiyadan so‘ng yigitlarimiz Xorvatiyada yana bir yig‘in o‘tkazishadi. Qizlarimiz esa ayni paytda Slovakiyada bo‘lib turishibdi.

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu