24 Iyun 2021 1916

Faxriylarimiz “Olimpiya kuni” doirasida stol tennisi bo‘yicha bellashishdi

Xabar berganimizdek, yurtimizda “Xalqaro Olimpiya kuni” munosabati bilan Olimpiya haftaligi tashkil etilmoqda. Ushbu haftalik doirasida stol tennisi bo‘yicha ham ommaviy tadbir o‘tkazildi.

Ahamiyatlisi, O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi o‘z tadbirini faxriylar o‘rtasida o‘tkazdi. Musobaqa erkaklar o‘rtasida 4, ayollar o‘rtasida 1 ta yosh toifasida tashkil etildi. Qayd etish joiz, mazkur bellashuvlarda 50 nafardan ortiq fidoyilar g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashishdi.

G‘olib va sovrindorlar yakunda MOQ hamda O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Text to speech