24 Iyun 2021 2626

Hasanboy Do‘smatovni tabriklaymiz!

Bugun taniqli bokschimiz, Olimpiya o‘yinlari chempioni Hasanboy Do‘smatov o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Hasanboy Do‘smatov 1993-yil 24-iyun kuni Andijon viloyatida tug‘ilgan. Rio-2016 Olimpiya o‘yinlarida -49 kg vazn toifasida chempionlik qatori, eng yaxshi texnika egasiga beriladigan Vel Barker sovrinini ham qo‘lga kiritgan. 2017-yil Gamburgda o‘tgan jahon chempionati finalchisi. Hasanboy 2018-yil Indoneziyada o‘tgan Osiyo o‘yinlarida ham terma jamoamiz hisobiga kumush medalni keltirgan.

Ayni paytda professional boksda faoliyat olib bormoqda. Ko‘rsatgan xizmatlari uchun “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Hasanboy Do‘smatovni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan g‘alabalar tilab qoladi.

Text to speech