4 Avgust 2024 468

Parij-2024 da bugungi kun anonsi

Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlarining bugungi bahslarida O’zbekiston delegatsiyasi boks, veloshosse va yengil atletika sport turlarida 6 nafar atlet bilan ishtirok etadi. Bokschilarimiz Hasanboy Do’smatov va Lazizbek Mullojonov final yo’llanmasi uchun jang qilishsa, yengil atletikachimiz Anvar Anvarov saralash bosqichida qatnashadi. Yana bir yengil atletikachimiz Safina Sadullayeva balandlikka sakrash dasturida, velosportchilarimiz Olga Zabelinskaya hamda Yanina Kuskova esa guruh poygasida medallar uchun kurash olib borishadi

Text to speech