3 Avgust 2024
474
Eng yosh bokschimiz ikki karra Olimpiada chempioni bilan jang qildi
Boks boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasining eng yosh ishtirokchisi Toʻrabek Habibullayev (-80 kg) joriy Olimpiadadagi ikkinchi jangini oʻtkazdi. Ikki karra Olimpiada chempioni, kubalik Arlen Lopesga qarshi bahs olib borgan 20 yoshli hamyurtimiz imkoniyatni boy berdi va ishtirokini yakunladi. Iqtidorli bokschimizning kelgusi faoliyatida omad tilaymiz.