3 Avgust 2024 436

Hasanboy Doʻsmatov yarim finalda!

Boks boʻyicha Rio-2016 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni Hasanboy Doʻsmatov (-51 kg) ham Parij-2024 dagi muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirgan holda yarim finalga yoʻl oldi. Hamyurtimiz chorak finalda oʻzining azaliy raqiblaridan biri qozogʻistonlik Saken Bibossinovni magʻlubiyatga uchratib, oʻzining Olimpiadalardagi ikkinchi medalini kafolatladi. Biz sendan yana bir oltin medal kutamiz, Hasanboy!

Text to speech