2 Avgust 2024 333

Sharifa Davronova saralashda 13.74 metrga sakradi

Oʻzbekiston delegatsiyasining eng yosh ishtirokchilaridan biri, yengil atletikachimiz Sharifa Davronova Olimpiya oʻyinlarida debyut qildi. Uch hatlab sakrash yo’nalishining B guruhidagi saralash bosqichida ishtirok etgan 17 yoshli hamyurtimiz 13.74 metr natija qayd etdi. Biroq bu ko’rsatkich yosh atletimizga final uchun kamlik qildi.

Text to speech