2 Avgust 2024 700

Alisher Yusupov O’zbekiston delegatsiyasiga navbatdagi bronza medalini keltirdi!

Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlarida O’zbekiston delegatsiyasi g’aznasi yana bir bronza medali bilan boyidi. Mazkur medalga dzyudochimiz Alisher Yusupov mualliflik qildi.

+100 kg vazn toifasida ishtirok etgan polvonimiz bronza medali uchun kechgan bellashuvda yaponiyalik Tatsuro Saitoni mag’lub etishga muvaffaq bo’ldi.

Shu tariqa, O’zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 1 ta oltin va 2 ta bronzani tashkil etmoqda. Barakalla, Alisher!

Text to speech